вторник, 14 января 2014 г.

Siz uddalayman desangiz, siz haqsiz. Agar uddalay olmayman desangiz, baribir siz haqsiz!

 Bir paytlar ushbu jumlalarni o'qib, o'zimcha "ahmoqona" deb izohlab o'tgandim. Qanday qilib ikkita qarama qarshi fikr bilan men haq bo'laman. Aslida esa shunday bo'lib chiqdi. Biz bilan bo'ladigan hamma hamma voqea hodisalar asosida bizning O'zligimiz yotadi. Agar siz bu bo'lishiga ishonsangiz bu bo'ladi.

O'qib turib bu siyqasi chiqqan gap deyishingiz mumkin. Lekin Everestni balandligi haqida ming marta o'qigan bilan Everestga chiqib kelsangiz, bu balandlikni o'zingiz anglasangiz bu boshqacha, u haqida kimgadir aytgingiz keladi. Mendaham shunday holat. Bo'lishiga ishongan narsalarim bo'ldi, ishonmaganlarim bo'lmadi, vaholanki oddiy narsa bo'lsaham. Borliq faqat materiyadan iborat emasligi bugungi kunda hech kimni hayratga solmaydi, ba'zilar haliyam faqat moddiylik bor deb hisoblashsada. Bizdagi fikrlar moddiyatni yaratadi. Sizning ongingizda paydo bo'lgan uy (etibor bering u hali moddiyat emas, shunchaki fikr) vaqt o'tib haqiqiy uyga aylanadi. Sizningcha Windows, Coca Cola, Mcdonald`s yoki Avtomobil o'z o'zidan paydo bo'lib qolganmi? Bularning asosida fikrlar va ishonch yotadi. Bugun ko'rib turgan dunyo bir zamonlar ro'yo edi. Bugun biz ko'rib turgan texnologiya va bilimlar bir zamonlar paydo bo'lgan va ishonch bilan amalga oshirilgan fikrlar mahsuli ekanligi shunchaki haqiqat. Hayotimda men ishongan fikrlarimgina reallikga aylandi. Biz haqiqiy ishonch bilan ishongan fikrlar moddiyatga aylanar ekan endi fikrlarga ehtiyot bo'lish kerak, chunki bitta fikr atrofiga o'ziga o'xshash fikrlarni torta boshlaydi. Bu huddi koinotdagi jismlarga o'xshaydi kichkina kichkina fikrlar kelib yig'lilib kattalashaveradi. So'ngra u fikr reallikga aylana boradi, siz buni to'xtata olmay qolasiz.

Bizning miyyamizda kun bo'yi qanaqa fikrlar aylanadi? Siz bunga etibor berganmisiz? Fikrlar ijobiy bo'lsa ijobiy natijalar bera boshlaydi, agar salbiy bo'lsachi? U albatta bizning zararimizga ishlay boshlaydi.
Men buni o'rgana olmayman.
Bu mening qo'limdan kemaydi. Mendan zo'rlari tiqilib yotibti.
Men ko'pchilik oldida gapirishga qo'rqaman.
Ahvolim yaxshimas.
Men tinchgina yursam bo'ldi, hech nima qilishim shart emas.

         Ushbu salbiy fikrlarga etibor bering. Ularham albatta o'ziga o'xshash fikrlarni yoniga tortadi va reallikga aylanishga intiladi. Fikrlaringizga ehtiyot bo'ling deyishadiku. Ular bizning kelajagimizni yaratadi. Endi esa ushbu fikrlarga etibor bering.
Men buni uddalay olaman.
Men o'z fikrlarimni erkin bayon qila olaman.
Men atrofdagilar bilan tez chiqishib ketaman, ular bilan tez til topishaman.
Men buni o'rgana olaman.
     Ushbu fikrlar esa affirmativ harakterga ega va ular bizning foydamizga ishlaydi. Boy bo'lish uchun boylardek fikrlash kerak deyishadiku. Agar siz shu paytgacha fikrlaringizga e'tibor bermagan bo'lsangiz bugundan, hozirdan boshlang. Siz qanday fikrlar bilan yurasiz? Miyyangizda qanday fikrlar aylanadi, odamlardan nafratlanasizmi, yaqinlaringizga mehribonmisiz, o'zingizni ojiz hisoblaysizmi, hamma hammasini tahlil qilib ko'ring. Negativ fikrlarniham tahlil qiling. Fikrlar bu urug'larga o'xshaydi, miyyangiz esa hosildor yer. U yerga hoh qulupnay eking, hoh sabzi eking hosilini olaverasiz. Agar kerakli nimadir ekmasangiz u yerdan hech narsa chiqmaydimi deysizmi? Yo'q, u yerdan yovvoyi o'tlar o'sib chiqaveradi, har joydan tushib qo'lgan keraksiz o'tlar urug'laridan. Sen ahmoqsan, Qo'lingdan hech narsa kelmaydi, Sen bilmaysan, Sen aralashma bu sen qiladigan ish emas kabi "yovvoyi o'tlar urug'lari"ni atrofdagilar, do'stlar, ota onamiz o'zlari bilmagan holda ekib qo'yishadi. Siz esa miyyangizni parvarish qilishingiz kerak, keraksiz o'tlardan tozalab, kerakli urug'larni ekishingiz kerak toki u siz uchun foydali hosil bersin. Fikrlar va ular haqidagi yozganlarim mana shular. u haqida yillab o'tirib olib yozsa bo'ladi. Lekin mantiqda tushuncha hajmi va uning mazmuni haqidagi qonuniyatdan kelib chiqadigan bo'lsak "tushuncha hajmi qancha keng bo'lsa, tushuncha mazmuni shuncha torayadi, va aksincha", mana shu yozganlarim yetarli.

Cheksiz hurmat  bilan Sherzodbek

Комментариев нет:

Отправить комментарий