Davlat organlariga 1- martgacha o‘z rasmiy veb-saytlarini yangi talablarga moslashtirish topshirildi.
2013- yilning 31- dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasining axborot xizmatining ta'kidlashicha,
mazkur hujjatga assoan, davlat organlarida AKTni joriy etish
samaradorligini reytingli baholash mezonlari, reytingli baholash tizmini
yurgizish sxemalari, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlari rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan
talablar belgilab olingan.
Mazkur AKTni baholash reytingi davlat idoralari veb-saytlariga aholiga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish, muassasaning axborot tizimlari va resurslari, idorada axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan bir qator yangi, qat’iy talablarni qo‘yadi.
Xususan, internet tarmog‘ida rasmiy veb-saytning mavjudligi va undan foydalana olish, shuningdek, unda tashkilot faoliyatiga doir statistik va tahliliy ma’lumotlarning yoritilishi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali kelib tushayotgan fuqaro murojaatlariga munosabati mazkur reytingli baholash tizimining muhim mezonlaridan hisoblanadi.
Qarorda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari joriy yilning 1 martiga qadar rasmiy veb-saytlari faoliyatini ushbu — rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar asosida ishlab chiqishlari ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Qarorda barcha davlat muassasalari zimmasiga rasmiy veb-saytlarining mobil versiyasini ishlab chiqish, unda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, onlayn so‘rovlar, blog hamda forumlar yordamida jamoatchilik fikrini o‘rganishning zamonaviy usullaridan foydalanish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.
Qarorda muayyan davlat muassasalari (mahalliy davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari) uchun veb-saytlari faoliyatini joriy qilishga oid qo‘shimcha talablar ham kiritilgan.

Matn: Gazeta.uz
Комментариев нет:
Отправить комментарий