вторник, 14 января 2014 г.

AQShlik professor Amerikaning kashf qilinishida Beruniyning o'rni haqida maqola yozdi.

Jon Xopkins universiteti Xalqaro aloqalar fakulteti rahbari hamda Markaziy Osiyo Kavkaz instituti raisi, professor Frederik Starning yaqinda HistoryToday jurnalida “Xo'sh, Amerikani kim kashf qilgan” sarlavhali maqolasida Amerikani kashf qilishda Abu Rayhon Beruniyning rolini chuqur tahlil qilib berdi.
Bu maqolaning qisqartirilgan tarjimasi Vatandosh’da chop qilindi. Amerikalik olimga ko'ra, Beruniy shuni bilgankiki, Yevroosiyoning butun kengligi — Afrikadan boshlangan g'arbiy nuqtasi hamda Xitoyga boradigan sharqiy nuqtasi — Yer sharining bor-yo'g'i uchdan ikki qismini qamrab oladi. Kurrai zaminning beshdan uch qismi esa hisobga olinmagan edi. Olimning qayd etishicha, mana shu 15 ming mil masofadagi bo'shliqni Beruniygacha bo'lgan barcha olimlar Yevroosiyo mintaqasini “Dunyo okeani” bilan uralgan deb izohlashga harakat qilishgan. Er yuzining beshdan uch qismida haqiqatda hech narsa yo'qmi, faqat suvmi? Beruniy buning mumkinligini qayd etsa- da, uni mantiq va kuzatuvlar nuqtai nazaridan inkor qiladi. U minerologiyadan o'rganlari bunda juda qo'l keladi. U Beruniy qattiq jismlar suvdan ko'ra og'ir ekanligini yaxshi biladi. Suvli dunyo Yer sharida nomutanosiblikka olib kelmasmidi? U yana so'rashda davom etadi: dunyoning beshdan ikki qismiga tushgan turli kuchlar qolgan qismiga ta'sir o'tkazmaydimi? Ana shunday savollar ortida Beruniy xulosa qiladiki, Yevropa va Osiyo o'rtasidagi okeanlar kengliklarida bitta yoki undan ko'p noma'lum yerlar yoki qit'alar bo'lishini qayd etadi. Bu noma'lum qit'alar bo'sh kengliklar edimi yoki odamlar tomonidan egallangan edimi? Ushbu savol bilan murojaat qilar ekan, o'zining koordinatlariga murojaat qiladi. Uning qayd etishicha, odamlar shimol va janub bo'ylab, ya'ni Rossiyadan tortib Hindistongacha, Afrikaning qoq markazida ham odamlar yashashini aytadi. Agar ushbu noma'lum qit'ada odamlar yashamagan bo'lganida, ushbu qit'alar shimol yoki janub mintaqalaridan narigi tarafda joylashgan bo'lar edi. Olimning aytishicha, Beruniy o'z kuzatuv va ilmiy tadqiqotlaridan tashqarida, ya'ni o'z ko'zi bilan ko'rmagan joy haqida mantiq va o'rganlari asosida xulosa qiladi. U Yevroosiyo mintaqasining joylashuvidan kelib chiqib, Atlantika va Tinch okeanlarida havzasidagi noma'lum yerda odamlar yashashi uchun qulay joy ekanligini qayd etadi, aslida ham shunday edi. Frederik Star Beruniy XI asrda Amerikani kashf qilgan edimi, degan savolga javob berar ekan, aniq gapiradigan bo'lsa, kashf qilmaganini aytadi. “U hech qachon bu Yangi dunyoga yoki o'z yozgan qit'alarga ko'z tashlamagan. Boz ustiga, shimolliklar 10 asrga qadar ushbu qit'aga oyoq qo'yishgan, ammo ular bu qanday joy ekanligini tushunishmagan”, — deydi u. Olim Beruniy hech bo'lmaganda shimolliklar singari Shimoliy Amerika kashfiyotchisi sifatida tilga olinishi kerakligini aytadi. U olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijasidagi xulosalari shunchaki xulosa emas, balki jiddiy kuzatuvlar, ma'lumotlarni sifat va sonda tahlil qilish hamda jiddiy mantiq asosidagi xulosadir.

Комментариев нет:

Отправить комментарий