Nega narxlar .99 bilan tugaydi?
Ko‘pgina magazinlarda narxlar o‘zgarganida narxnoma oxirida .99 qo‘yiladi. Narxni 1 sent yoki bir so‘mga pasaytirish telbalikday tuyulishi mumkin, ammo bu usul bir asr ilgari Xenderson universiteti marketologi Li Xibbett tomonidan ishlab chiqilgan.Xibbettning fikriga ko‘ra, narxning .99 bilan tugashi bizning chapdan o‘ngga qarab o‘qishimizga asoslangan bo‘lib, bunda dastlabki raqam keyingisiga qaraganda kuchliroq ta’sir qiladi. Aynan shuning uchun kishi biron narsa xarid qilayotganida narxi 5 emas, 4,99 deb yozilgan mahsulotni sotib oladi. Chunki miya unga farq unchalik katta bo‘lmasa ham 4 raqami 5dan kichik ekanligini uqtiradi.Bundan tashqari, narxi .99 bilan tugagan mahsulot xaridorga uning narxi arzonlaganligini bildirib turadi.
Xaridorlar uchun qopqon
- Katta arava – katta xarid. Magazinda sotib olingan narsalar uchun katta aravaning yarmi bo‘sh turishi ozgina narsa xarid qilgan xaridorda noqulaylik hissini paydo qiladi. Oqibatda xaridor uni to‘ldirish maqsadida yana qo‘shimcha narsalar sotib oladi.
- Kiyimlar sotiladigan magazindagi katta ko‘zgular: ko‘zgu oldidan o‘tayotgan har bir xaridor ko‘zgudagi aksiga qaramasdan o‘tolmaydi. O‘z ko‘rinishidan yuz foiz qanoatlanadigan odam kam topiladi. Ko‘rinishidan qoniqmagan inson darhol biror yarashadigan kiyim olgisi keladi.
- Bitta buyum uchun 100 so‘m to‘lash bilan uchtasiga 299 so‘m to‘lash orasida deyarli farq yo‘q. “Arzon olyapman” degan xayolda aslida yana 200 so‘m sarflaymiz.
- Eng ko‘p sotiladigan mahsulotlar – sut, non, choy ko‘pincha magazinning eng uzoq burchagida turadi. Ularga yetib borguncha xaridorning ko‘zi boshqa narsalarga ham tushadi va yana nimanidir sotib olishi mumkin.
- Bolalar uchun mo‘ljallangan buyumlar ko‘pincha eng pastki qatorda bo‘ladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий